O‘zbekiston | 09:42 / 24.12.2024
10229
1 daqiqa o‘qiladi
Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi
Bu yilning so‘nggi ish haftasi davomida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kechalari kuzatilayotgan sovuq asta-sekin kuchsizlashadi, haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kechasi va ertalab –3...+2 daraja atrofida bo‘ladi.
Kunduzi havo harorati +5...+10 darajagacha, janubda +12...+15 darajagacha, shimolda va Farg‘ona vodiysida +2...+7 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi –3...–5 darajadan 0...+1 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduzi harorat asosan +6...+9 daraja bo‘ladi.