Turkiyaning Egey dengizi sohillarida 5,3 ballik zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati xabar qilmoqda.
Yer silkinishi seshanba 7 fevral kuni tungi soat 02:24da yuz bergan. Zilzila markazi Chanoqqal'a viloyati Ezine shahridan 36,7 km janubi-g‘arbda, 6,8 km chuqurlikda joylashgan.
Avvalroq, Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) 6 fevral kuni ertalab Turkiyaning g‘arbiy sohilida 5,2 ballik yer qimirlagani haqida xabar qilgan edi.
Chanoqqal'adagi zilzila Ayvajik shahri hududida 102ta uyning qulashiga sabab bo‘lgan. Kamida 5 kishining jabrlangani xabar qilinmoqda.