Jahon | 22:26 / 27.01.2018
13203
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya armiyasi zarur bo‘lsa Idlibgacha boradi – Erdo‘g‘an  

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 27 yanvarda turkiyalik harbiylar zarurat bo‘lsa Suriyaning Afrinidan Idlibgacha  ham yetib bora olishlarini aytgan. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.   

“Hozir Afrinda operatsiya ketmoqda. Hozir xalq 15 iyulda bo‘lgandek (Turkiyadagi davlat to‘ntaruvi) Afringa yo‘l olmoqda. Agar Alloh istasa, askarlarim Idlibgacha ham yetib borishadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrinida kurdlarning “Xalq mudofaasi kuchlari” va “Demokratik ittifoq” partiyasiga qarshi 20 yanvarda operatsiya boshlagan. Anqara bu tashkilotlarni terrorchilik tashkilotlari deb hisoblaydi.

 

Mavzuga oid