ShHT sammitining asosiy hujjati – Samarqand deklaratsiyasida nimalar aks etadi?
Samarqand deklaratsiyasi – 16 sentabr kuni ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisida imzolanadigan asosiy yakuniy hujjat hisoblanadi. O‘zbekistonning ShHT bo‘yicha milliy koordinatori ushbu xalqaro hujjatda aks etgan masalalar bo‘yicha Kun.uz'ga ma’lumot berdi.
Deklaratsiyada ShHT faoliyati bo‘yicha baho, tashkilotni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha a’zo davlatlar o‘rtasida kelishilgan yondashuv, shuningdek, hozirgi xalqaro va mintaqaviy vaziyat borasidagi tashkilotning pozitsiyasi aks ettirilgan. Bu haqda O‘zbekistonning ShHT bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Bundan tashqari, hujjatda ShHT rivojlanishining hozirgi bosqichida o‘z oldidagi vazifalarini qanday ko‘rishi kerakligi haqida ham muhim ma’lumotlar mavjud.
«Deklaratsiyada O‘zbekistonning ShHTga samarali raisligi yakunlari hamda raislik doirasida mamlakatimiz ilgari surayotgan tashabbus va hujjatlarning ahamiyati o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi», - deydi milliy koordinator.
Nurimbetovning ma’lum qilishicha, deklaratsiyada prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z maqolasida ilgari surgan g‘oyalar ham o‘z ifodasini topishi kutilmoqda.
«ShHTni kengaytirish masalasiga kelsak, ayni vaqtda ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining davom etayotgan yig‘ilishida Belarusning to‘laqonli a’zolik to‘g‘risidagi arizalari, shuningdek, ShHT muloqoti bo‘yicha hamkor maqomiga ega bo‘lish uchun bir qator davlatlar, xususan arab davlatlarining arizalari ko‘rib chiqilmoqda. Maslahatlashuvlar jarayoni ShHTni yanada kengaytirish bo‘yicha ijobiy qarorlarga umid qilish imkonini beradi. Biz optimistik kayfiyatdamiz. Umid qilamizki, Samarqand sammiti bu borada juda muvaffaqiyatli o‘tadi», - deya Rahmatilla Nurimbetovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024
Samarqandda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi
20:21 / 13.12.2024