O‘zbekiston | 13:10 / 18.10.2020
104437
2 daqiqa o‘qiladi

OTMlarda an'anaviy ta'limga ruxsat beriladi

Talabalar va ota-onalar o‘rtasida an'anaviy ta'limga qaytish borasida so‘rovnoma o‘tkaziladi.

OTMlarda an'anaviy ta'limga qaytish imkoniyatlari tahlil qilinadi, deb ma'lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

17 oktabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi videoselektorda shunday qarorga kelingan.

“Oliy ta'lim tizimida an'anaviy darslarga qaytishda, avvalo, talabalar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Shuningdek, OTM tomonidan muassasa imkoniyatlari tahlil qilinadi, sanitariya-epidemiologiya talablari asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, talabalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasdan talabalar turar joylari faoliyatini tiklash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Bu borada yakuniy qaror OTMlar kengashi tomonidan talabalar, ularning ota-onalari takliflarini inobatga olgan holda sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli xulosasi asosida qabul qilinadi.

So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra hamda OTM imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy ta'lim shakliga ruxsat etiladi”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid