O‘zbekistonda pul almashadimi?
Keyingi vaqtlarda odamlar orasida pul almashishi mumkinligi va inflyatsiyaning kuchayib borayotgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi. Aslida qachon va qanday vaziyatlarda davlat puli o‘zgarishi mumkin? Agar shunday ehtimol bo‘lsa, odamlar qancha vaqt oldin xabardor etiladi? Narx-navoning o‘sish tendensiyasi, inflyatsiya darajasi borasidagi fikrlarni mutaxassislar qanday izohlaydi?
Ushbu savollarga Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Markaziy banki hamda “Qishloqqurilishbank”ning qo‘shma anjumanida mutaxassislar javob berdi, deb yozmoqda O‘zA.
— Pulning almashishiga sabab ham ehtimol ham yo‘q. Yo‘qsa, 100 ming so‘mlik banknotlar chiqarilarmidi? Yaqinda ana shunday summadagi pul muomalaga chiqariladi. To‘g‘ri, inflyatsiya o‘sishi mumkin. Chunki bankning qayta moliyalash stavkasining ikki foizga oshirilishi, o‘z-o‘zidan bozordagi narx-navoga ta'sir qiladi.
Tadbirkor kredit olgan bo‘lsa, endi oshgan ikki foizni qoplash uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotini bahosini balandlashtiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha mansabdor shaxslar tomonidan aholiga real holatni va haqiqiy statistika ma'lumotlarni yetkazib berish bo‘yicha qat'iy topshiriq bergan. Guvohi bo‘layotganimizdek, O‘zbekistonda inflyatsiya yashirilayotgani yo‘q.
Narxlarning o‘sish tendensiyasi e'lon qilinmoqda, unga ko‘ra joriy yilda ham inflyatsiyaning darajasi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Ta'kidlash kerakki, narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllantirish kelgusi davrlarda inflyatsiya «jilovini» tortib turish imkonini berishi tabiiydir.
Mish-mishlar odamlarga qaysidir ma'noda ogohlik va profilaktika chorasidek ta'sir qilishi mumkin. Biroq iqtisodiy-moliyaviy va bank tizimida mish-mishlarga emas rasmiy bayonotlarga tayangan ma'qul.
Qayd etish joizki, yaqin orada so‘mning qadri oshishi kutilmoqda. Xususan, yalpi ichki mahsulotga teng miqdorda mablag‘imiz bo‘lganda uning qadrsizlanishi to‘xtaydi. Yana investitsiya kiritish hajmining oshishi ham pul qadrini oshiradi.
Mavzuga oid
18:35 / 12.08.2022
Moliyaviy xizmatlar eksperimentiga yo‘l ochilmoqda. MB qumdoni qanday ishlaydi?
12:17 / 21.07.2022
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yana pasaytirdi
08:01 / 08.10.2018
O‘zbekiston II chorakda Rossiyadan 748,8 mln dollar pul o‘tkazmalarini qabul qildi
18:10 / 15.08.2018