O‘zbekiston | 22:24 / 14.06.2020
13767
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda forel, Amerika paliyasi, kumja va spaktik kabi noyob baliqlar yetishtiriladi

Tadbirkor Bahodir Mirabdullayev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining “Kurduxtar” qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Pskom daryosi Germaniya texnologiyasi asosida forel, Amerika paliyasi, Yevropaga xos bo‘lgan kumja va spaktik baliqlarni yetishtirib, iste'molchilarga yiliga 320 tonna mahsulot yetkazib berishni rejalashtirgan. 

Loyihani amalga oshirish uchun 80 ta suv havzasi barpo etilishi zarur. Buning uchun mutasaddi idoralardan ijobiy xulosalar ham olingan. Biroq ayrim tashkilotlardan ruxsat olish cho‘zilib, loyihani amalga oshirish kechikib ketgan.

«Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov yaqinda tadbirkorlar bilan uchrashganda Bahodir Mirabdullayevning ham muammosi ijobiy yechim topdi. Tadbirkorga ajratilgan mavjud yer maydonida noyob baliq turlarini parvarish qilish uchun 80 ta suv havzalarini barpo etish uchun tashkilotlarga topshiriq berildi», deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Bahodir Mirabdullayev rahbarlik qilayotgan «SALMONIDAE» fermer xo‘jaligida asalarichilik bilan shug‘ullanib kelgan. Noyob turdagi baliqlarni yetishtirish ushbu fermer xo‘jaligi faoliyatidagi yangi yo‘nalish hisoblanadi. 

Mavzuga oid