Maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.
9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.
Bunda bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar «Elektron shahodatnoma» axborot tizimiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi.
Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Bitiruvchi «Elektron shahodatnoma» (https://e-shahodatnoma.uz/) platformasiga ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib shahodatnomasini bepul yuklab oladi.
Internet yetib bormagan olis va chekka hududlarda joylashgan ta’lim tashkilotlariga shahodatnomalar elektron platformadan yuklab olinib, chop etilgan holda taqdim etiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024