Jamiyat | 16:45 / 06.06.2020
5487
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Grand Pharm Trade: «Saxovat va ko‘mak» – davlat va xalq birdamligi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» harakatida tadbirkorlar ham ishtirok etishmoqda.

Pandemiya davrida daromadi bo‘lgan ba'zi oilalar ham o‘z daromadidan ayrilib, moddiy yordamga muhtoj bo‘lib qolishdi.

Grand Pharm Trade kompaniyasi vakillari chekka tumanlarda bo‘lib, yordam qo‘lini cho‘zdilar. Mart oyining oxirida ushbu kompaniya qariyb 8000 ta oila, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi – 2000 ta, Andijon vilotidagi – 1000 ta, Buxoro viloyatidagi – 1000 ta, Namangan viloyatidagi – 1000 ta, Surxondaryo viloyatidagi – 1500 ta va Toshkent viloyatidagi – 1500 ta oilaga oziq-ovqat va moddiy yordam ko‘rsatdi.

Aprel oyining oxirida «Saxovat va ko‘mak» harakati boshlandi va kompaniya aksiyadorlari 5000 oilani uch oyga vasiylikka oldi, ulardan 2000 tasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 869 tasi – Andijon viloyatidan, 531 tasi – Namangan va 1600 tasi – Toshkent viloyatidan.

Bundan tashqari, 52 nafar kishi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.

Mahalliy hokimiyat organlari, O‘zbekiston musulmonlar idorasining hududiy vakillari haqiqatan ham yordamga muhtoj oilalarni topishga yordamlashishdi. Ularning barchalariga ulkan minnatdorchilik bildiriladi.

May oyida besh milliard so‘m ajratildi, kompaniyaning 10 milliard miqdorida keyingi yordami 25 iyun va 25 iyulda o‘z egalariga topshiriladi.

Muhtoj oilalarga ko‘plab tadbirkorlar yordam ko‘rsatishmoqda va shunday qiyin vaqtlarda xalqimizning jipslashgani quvonarli hol. Tadbirkorlar Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» harakatini qo‘llab-quvvatlab, ular bilan yelkama-yelka turib, O‘zbekiston xalqiga foydalari tegayotganligidan benihoyat mamnundirlar.

Grand Pharm Trade kompaniyasi

Reklama huquqi asosda

Mavzuga oid