Iqtisodiyot | 16:25 / 12.02.2024
11600
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq maslahatchisi barqarorlik reytingi bo‘yicha tadbirkorlarga seminar o‘tadi

Barqarorlik reytingi nega kerak, qaysi holatda reyting oshadi va qaysi holatda pasayadi? Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov tadbirkorlar uchun seminarda shu kabi savollarga javob beradi.

Murod Muhammadjonov

Barqarorlik reytingi tadbirkorlik sub’yektlariga ular xotirjam ishlashlari, to‘g‘ri kontragent tanlashdagi yordamchi instrument bo‘ladi.

Aynan shu sababdan reytingni oshirish bo‘yicha 12 fevral, dushanba kuni, soat 18:00 da jonli-efir bo‘lib o‘tadi.

Efirda quyidagi mavzular qamrab olinadi:

  • Reyting nega kerak?
  • Qaysi holatda reyting oshadi?
  • Qaysi holatda reyting pasayadi?
  • Reytingni oshirish uchun aniq qadamlar
  • Soliqlarni optimallashtirish.

Spiker Murod Muhammadjonov

  • 24 yillik tajribaga ega soliq bo‘yicha mutaxassis, soliq maslahatchisi;
  • “UTAX” soliq maslahatchilari tashkiloti ta’sischisi;
  • aynan barqarorlik reytingi loyihasini ishlab chiqishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etgan.

Jonli efir yopiq Telegram-guruhda bo‘lib o‘tadi. Guruhga ushbu havola orqali a’zo bo‘lish mumkin.

Mavzuga oid