Jamiyat | 15:13 / 12.04.2023
11113
2 daqiqa o‘qiladi

1 asrdan beri ta’mirlanmagan Yangiyo‘ldagi mahalla yo‘li «Open budjet» sabab asfaltlanadi

Tashkil etilganiga 1 asrdan oshgan, ichki yo‘llari esa aytarli ta’mirlanmagan, abgor holatga kelib qolgan mahallalar bor. «Tashabbusli budjet» loyihasi natijasida bir nechta shunday mahallalar yo‘llari asfaltlanadi, ta’mirlanadi. Loyihada g‘olib bo‘lgan mahallalar aholisi bu xursandchilikni bayram qilmoqda.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Sho‘ralisoy mahallasi 1928 yilda tashkil topgan. Ammo shu paytgacha aholi ko‘chalarda loy kechib yurishlariga to‘g‘ri kelgan. «Open budjet» loyihasining 1-mavsumida yutgan mahallaning 6 ko‘chasidan 3 tasi, ya’ni 2,5 km masofali qismi asfaltlab beriladigan bo‘ldi.

Mahallaning Temirchi 1-2 va Hurriyat ko‘chalari 4565 ta ovoz to‘plab, 1,2 mlrd so‘mlik loyihada g‘olib bo‘lgan. Qizig‘i, bu ko‘chalarga yaqindagina ichimlik suvi ham tortilgan.

Tumanning O‘zbekiston mahallasidagi o‘tgan yili 2,5 kmli 5 ta ko‘chasi «Tashabbusli budjet» doirasida asfaltlab berilgan. Bu yil ham mahalla aholisi tashabbus ko‘rsatib, ko‘chalariga elektr simyog‘och va tranformator yutib olishdi.

Mening ko‘zim ojiz. Uyimda ko‘zi ojizlar uchun maxsus sintezator o‘rnatilgan kompyuterim bor. Mahallamga hissam qo‘shilsin, deb kompyuterga ovozlar kiritish bilan shug‘ullandim. Qanday tanishlarim bo‘lsa, iltimos qildim. Natija bo‘ldi. O‘tgan yili yo‘llarimiz asfaltlangandi. Undan oldin 8 yoshli qizim bilan ko‘chaga chiqib yurishga qiynalardik. Hozir hammayoq tep-tekis, biz ko‘zi ojizlar ham qiynalmayapti” deydi O‘ktam Rahmonqulov.

«Tashabbusli budjet» loyihasining 2023 yil 1 mavsumi yakuni bo‘yicha Yangiyo‘l tumanida tanlab olingan 118 ta loyihadan eng ko‘p ovoz ko‘p to‘plagan 6 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Shulardan 4 tasida ko‘chalarni asfalt bilan qoplash, 2 tasida esa ko‘cha chiroqlari (transformator, simyog‘och) bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

Mavzuga oid