Jahon | 07:31 / 07.08.2018
17484
2 daqiqa o‘qiladi

Medvedev: «Maqsad Saakashvilini qatl qilish bo‘lmagan»

Foto: Aleksandr Miridonov / Kommersant'

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 2008 yilda, u prezidentlik lavozimida bo‘lgan paytda nima uchun rus tanklari Gruziya poytaxtiga kirmaganini tushuntirib berdi. Bu haqda u «Kommersant'»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2008 yilda prezident boshchiligidagi Gruziya hukumati «tajovuzga yashil chiroq yoqdi» va «yuz bergan narsa sodir bo‘ldi».

Medvedev nega rus tanklari Tbilisidan bir necha o‘n kilometr masofada to‘xtab qolgani va shaharga kirmagani haqidagi savolga «maqsad Gruziyani mag‘lub qilish», shuningdek, «Saakashvilini qatl qilish» bo‘lmagani bilan javob berdi.

Uning ta'kidlanishicha, maqsad Gruziya qo‘shinlarini Tsxinvaldan chiqarib yuborish, tartib o‘rnatish, shuningdek, keyingi harbiy harakatlarning oldini olish edi.

Medvedevning qayd etishicha, keyingi harakatlarni olib bormaslik haqida qaror qilib, to‘g‘ri ish qilgan, deb hisoblaydi.

Mavzuga oid