Aholiga tegishli bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi qisqardi
Aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi qisqardi. Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov ma’lum qildi.
Aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘i 20 baravari miqdorida edi.
Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘i 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi.
Mavzuga oid
22:20 / 25.11.2024
Toshkentda Askiya bozori hududi va binolari 16,8 mln dollar boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi
16:31 / 25.11.2024
Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritildi
15:44 / 21.11.2024
Toshkentdagi International va Lotte mehmonxonalari xususiylashtirildi
11:04 / 19.11.2024