«Kerak bo‘lsa, ishdan ham ketadi». Hukumat rahbari 200-300 kishilik to‘y o‘tkazayotgan rahbarlarni tanqid qildi
Bugun, 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
“Prezidentimiz boshidan bu masala bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalish berdilar. Hozirgi kunda vaksinatsiya boshlangan har bir punktda eng kamida ikkitadan vaksinani taklif qilyapmiz. Bu yil pandemiya bilan kurashish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratib berilgan.
Biroq, bu masalaga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Barqarorlikka erishilishi, mutaxassislarning tavsiyasi bilan to‘y va ma'rakada qatnashuvchilar sonini 100 kishigacha oshirdik. Hattoki, ba'zi rahbarlar ham 100 kishi mumkin ekan deb, to‘ylarni 200-300 kishilik qilib o‘tkazyapti. Davlat boshqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida ishlayotganlarning o‘zi shuni qilyapti. Shunday ma'lumotlar ham yo‘q emas. kerak bo‘ladigan bo‘lsa, aynan shu deb lavozimidan ketadi.
Kuni kecha prezidentimiz shu bo‘yicha juda qattiq e'tiroz bildirdilar. Bir-ikki rahbar karantin talablariga rioya qilmagani uchun ham ishdan ketadi. Kechirasizlar-ku, oldin to‘ylarni to‘xtatishgacha borgan bo‘lsak, hozir ham qilamiz shu ishni. Xalq salomatligi uchun qilinadi shu narsa”, dedi bosh vazir.
Bundan oldin, Abdulla Aripov tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarni keskin tanqid qilgandi.
“Hududlarga bo‘lgan tashrifda yoki Toshkent shahrida mahallabay amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish uchun tashkillashtirilgan monitoring tadbirlarida o‘zim ko‘rib hayron bo‘lib qoldim. O‘zimiz ham tibbiy niqob taqib bordik, ammo u yerda yurgan biron kishi tibbiy niqob taqib yurganini ko‘rmadim. Shunchalik ham befarq bo‘lish mumkinmi? Kechirasizlar-ku, odam yoqasini ushlaydi. Bu kasallik xuddi elektr tokiga o‘xshaydi, hidi ham, rangi ham, mazasi ham yo‘q, odamni ham tanlab o‘tirmaydi”, dedi u.
Mavzuga oid
08:11 / 19.12.2024
Abdulla Aripov Odilbek Qosimaliyevni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlangani bilan tabrikladi
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
16:00 / 23.11.2024