Maktablarda SCIENCE fani joriy etiladi
Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar ta'lim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1-6 sinflarda SCIENCE dasturi asosida o‘qitiladi.
Endilikda O‘zbekiston ta'lim tizimida ham 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 1-6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘zida jamlagan Tabiiy fani (SCIENCE) joriy etiladi.
Tabiiy fani ayni vaqtda o‘qitilib kelinayotgan 1-2-sinfda «Atrofimizdagi olam», 3-4 sinflarda «Tabiatshunoslik», yuqori sinflarda esa 4ta alohida fanlar, ya'ni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7 sinfdan boshlab) fanlarini o‘zida birlashtiradi.
Bu fanning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali o‘quvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik ko‘nikmalari rivojlanadi. Natijada, PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan Tabiiy (SCIENCE) fani bo‘yicha Milliy o‘quv dasturi loyihasi yaratilib, muhokamaga qo‘yildi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024