O‘zbekiston | 09:00 / 31.10.2023
22486
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Farzandli bo‘ldingizmi? Endilikda suyunchi pulini “xazna” ilovasi orqali onlayn olish mumkin

Foto: xazna

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 704-son qaroriga muvofiq, bola tug‘ilganda suyunchi nafaqasini olish bo‘yicha kompozit xizmati yo‘lga qo‘yilgan. 

Endilikda farzandli bo‘lgan fuqarolarga suyunchi pulini olish uchun vaqt yo‘qotib bankka kelishlari shart emas. Xalq banki va Pensiya jamg‘armasi hamkorligida bu mablag‘larni "xazna" mobil ilovasi orqali bank kartasiga qabul qilish imkoniyati yaratildi:

Buning uchun:

  • Playmarket / APPStore orqali "xazna" ilovasi yuklanadi, ro‘yxatdan o‘tilib bank kartasi ilovaga biriktiriladi; 
  • "xazna" ilovasiga kirib, "Ijtimoiy to‘lovlar" bo‘limi kategoriyasi tanlanadi;
  • "Suyunchi mablag‘larini olish" tugmasi tanlanib, pullar bank kartasiga qabul qilinadi.

Shuningdek, “Suyunchi puli”ni tug‘yruqxona yoki FHDYo bo‘limlarining o‘zida ham olish mumkin. Bunda, mas’ul xodim tegishli ma’lumotlarni dasturga kiritish jarayonida ota yoki ona nomidagi bank kartasini tanlashi, kifoya. Suyunchi puli ota yoki onaning nomiga ochilgan faol holatdagi istalgan bank kartasiga qabul qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, hozirda suyunchi puli miqdori – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70,3 foizini (682 340 so‘m) tashkil qiladi.  

“xazna” ilovasini yuklab oling: Playmarket / AppStore

Reklama