O‘zbekiston | 15:10 / 26.06.2019
16463
12 daqiqa o‘qiladi

Saylov kodeksi kuchga kirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonunini imzoladi. Bu haqda «Xalq so‘zi Onlayn» nashri xabar bermoqda.

Mazkur hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan. Qonun 26 iyundan kuchga kirdi.

​O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

1-modda.  O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi tasdiqlansin.*

2-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

1) O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi 414–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 1, 34-modda);

2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini kuchga kiritish haqida»gi 415–XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 1, 35-modda);

3) O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi 990–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 518–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 132-modda);

4) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida»gi 991–XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 1, 7-modda);

5) O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi 1050–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 5, 125-modda);

6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 1050a–XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 5, 126-modda);

7) O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi 1051–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 5, 127-modda);

8) O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 549–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda) II, X va XI bo‘limlari;

9) O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi 613–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 95-modda);

10) O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 729–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 20-modda) VII va XVIII bo‘limlari;

11) O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi 809–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 206-modda);

12) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xususida»gi 810–I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 207-modda);

13) O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 82–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5–6, 153-modda) I, IX, XIII va XXVII bo‘limlari;

14) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 519–II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 133-modda);

15) O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 520–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 134-modda);

16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida»gi 521–II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 135-modda);

17) O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 27 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 671–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 171-modda) IV, V va XIII bo‘limlari;

18) O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi 714–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 18-modda) I bo‘limining 5, 21, 27 va 28-bandlari;

19) O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ–194-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda) 2, 3, 6 va 11-moddalari;

20) O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘RQ–306-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 12/1, 344-modda) 1-moddasi;

21) O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrda qabul qilingan «Saylov erkinligi yanada ta'minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ–340-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 12, 331-modda);

22) O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 20 yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–365-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 1, 2-modda) 5-moddasi;

23) O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–373-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 9, 244-modda) 19-moddasi;

24) O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–396-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015 yil, № 12, 452-modda) 1, 4va 17-moddalari;

25) O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan «Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘RQ–439-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 8, 383-modda) 3-moddasi;

26) O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 4, 224-modda) 10, 11 va 32-moddalari.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

*O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ­Majlisi ­palatalarining Axborotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida e'lon qilinadi.

Mavzuga oid