O‘zbekiston | 14:44 / 08.04.2024
6416
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 63-Xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi

19 may va 23 iyun oralig‘ida festivalning tantanali ochilish va yopilish, faol va g‘oliblarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: uzbekistan.travel

63-Xalqaro gullar festivali 19 mayda boshlanib, 23 iyungacha davom etadi. 40 kun davom etadigan festivalda gul bog‘chalari egalari va bog‘ dizaynerlari o‘zlarining badiiy gul kompozitsiyalarini namoyish etadi. Bu ularga mahalliy va xalqaro kompaniyalarga o‘zlarini tanitish imkonini beradi. Tadbirda Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Niderlandiya hamda Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi qo‘shni davlatlardan mehmonlar ishtirok etishi kutilyapti.

Gullar paradi Namangan shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab bo‘lib o‘tadi. Paradda gullar va milliy ramzlar tushirilgan bayroq bilan bezatilgan yengil avtomobillar, g‘alla o‘rish kombaynlari, o‘t o‘chirish mashinalari, traktorlar, izli avtomobillar va tez tibbiy yordam mashinalari kabi 200 dan ortiq texnika ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Namangan xalqaro gullar festivali ilk bor 1961 yilda o‘tkazilgan. Shundan beri an’anaviy ravishda har yili tashkil qilinadi.

Mavzuga oid