O‘zbekiston | 20:48 / 11.09.2020
8073
1 daqiqa o‘qiladi
Farg‘ona vodiysi viloyatlariga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi oshiriladi
Energetika vazirligi maxsus shtabi iste'molchilarni 2020—2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlari bilan ta'minlash ishlarini tahlil qilish maqsadida vodiy viloyatlarida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida:
Andijon viloyati iste'molchilariga:
- tabiiy gaz 5,4 foizga;
- suyultirilgan gaz 70,8 foizga;
- elektr energiyasi 10,5 foizga oshiriladi.
Farg‘ona viloyati iste'molchilariga:
- tabiiy gaz 16,4 foizga;
- suyultirilgan gaz 48,6 foizga;
- elektr energiyasi 11,2 foizga oshiriladi.
Namangan viloyati iste'molchilariga:
- tabiiy gaz 23,6 foizga;
- suyultirilgan gaz 52 foizga;
- elektr energiyasi 10,8 foizga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:14
Andijondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
15:13 / 04.01.2025
Dnestrbo‘yida elektr energiyasini rejali tarzda o‘chirish boshlandi
13:55 / 04.01.2025
Italiya YeIni gaz narxining yangi chegarasini joriy etishga chaqirdi
15:35 / 03.01.2025