O‘zbekiston | 12:22 / 31.10.2023
66370
2 daqiqa o‘qiladi

Sinoptiklar noyabr oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

2023 yil noyabr oyida respublika hududining katta qismida harorat kechalari +5...+10 darajadan +0...+5 darajagacha, kunduz kunlari +15...+20 darajadan +7...+12 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda oktyabr oyining oxirgi kunida yog‘ib o‘tgan yomg‘ir va sovuqdan so‘ng, noyabr quruq va ancha iliq ob-havo bilan boshlanadi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, oyning birinchi besh kunligida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

1 noyabrda kunduzi havo harorati +17...+19 daraja iliq bo‘ladi, 2-5 noyabr kunlariga +21...+24 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Faqat kechasi va ertalab +5...+10 daraja bo‘lgan harorat bilan salqin bo‘lishi kuzatiladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, "O‘zgidromet"ning dastlabki baholashiga ko‘ra, 2023 yil noyabr oyida respublika hududining katta qismida harorat kechalari +5...+10 darajadan +0...+5 darajagacha, kunduz kunlari +15...+20 darajadan +7...+12 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Sovuq havo davrlarida esa kechasi va ertalab -0...-2 darajagacha bo‘lishi mumkin.

Respublika shimolida ancha past harorat fonida - harorat kechalari +2...+7 darajadan -2...-7 darajagacha, kunduz kunlari +10...+15 darajadan +7...+12 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ushbu noyabr oyida yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, sovuq davrlarda esa qorga aylanadi.

Mavzuga oid