O‘zbekiston | 12:03 / 26.09.2024
1842
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi

Eng ko‘p odam Tojikistondan kelgani aytilmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 74,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 foizga oshgan.

2024 yilning 8 oyi mobaynida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Tojikiston — 57 380 nafar;
  • Qozog‘iston — 8 542 nafar;
  • Qirg‘iziston — 6 704 nafar;
  • Rossiya — 1 299 nafar;
  • Turkmaniston — 672 nafar;
  • Turkiya — 27 nafar;
  • Afg‘oniston — 20 nafar;
  • boshqa davlatlar — 84 nafar.

Mavzuga oid