Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi bilan uchrashdi
Uchrashuvda inson huquqlari va so‘z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan, ingliz tilini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan.
O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 14 may kuni AQSh elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.
“Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar, jumladan, inson huquqlari va so‘z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qildik. Shuningdek, ingliz tilini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdik”, – deya ma’lum qildi Saida Mirziyoyeva tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq Komil Allamjonov O‘zbekistondagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq holatga munosabat bildirgan edi.
Mavzuga oid
20:35 / 30.12.2024
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda davolanayotgan falastinlik bolalar bilan uchrashdi
16:48 / 29.12.2024
Saida Mirziyoyeva shaxmatchi Afro‘za Hamdamovani tabrikladi
11:42 / 29.12.2024
Bu O‘zbekiston sud-huquq tizimiga hurmatsizlik va suverenitetini inkor qilish demakdir
19:09 / 28.12.2024