BMT Isroilni Jo‘lan tepaliklarini bo‘shatishga chaqirdi. Buni O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi
Isroilni Suriyadagi Jo‘lan tepaliklarini tark etishga va 1967 yilgi chegaralarga qaytishga chaqiruvchi rezolyutsiyani rezolyutsiyani 91 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan. 62 ta davlat ovoz berishdan tiyilgan. 8 ta davlat (Isroil, AQSh, Buyuk Britaniya, Mikroneziya, Palau, Avstraliya, Kanada, Marshall orollari) qarshi chiqqan.
28 noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi Isroilni Jo‘lan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjat uchun 91 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, shuningdek, Rossiya, Braziliya, Hindiston hamda Xitoy kabilar ovoz berdi. Sakkiz davlat, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada bunga qarshi chiqdi. Yana 62 davlat betaraf qolgan.
Rezolyutsiya hammualliflari — Misr, Iordaniya, Iroq, BAA, Suriya va boshqa davlatlar edi.
Hujjat sakkiz banddan iborat, birinchisi, Isroil hamon BMT XKning 1981 yilgi 497-sonli rezolyutsiyasiga amal qilmagani haqidagi bayonot bo‘lib, u mamlakatdan Jo‘lan tepaliklari ustidan Isroil yurisdiksiyasini o‘rnatuvchi qonunni bekor qilishni talab etadi.
Bundan tashqari, rezolyutsiyada «Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq Isroil bosib olgan Suriyaning Jo‘lan tepaliklaridan 1967 yil 4 iyunda mavjud bo‘lgan chiziqqa chekinishi» talab qilinadi. Rezolyutsiyada, shuningdek, «Suriyaning Jo‘lanini ishg‘ol qilish davom etishi va uning amalda qo‘shib olinishi mintaqada adolatli, keng qamrovli va mustahkam tinchlikka erishish yo‘lida to‘siq bo‘lishi» ta’kidlanadi.
1967 yilgi chegaralar Olti kunlik urushgacha amalda bo‘lgan. Urush natijasida Isroil Sharqiy Quddus, Iordan daryosining g‘arbiy sohili, Sinay yarimoroli, G‘azo sektori va Jo‘lan tepaliklarini o‘z nazoratiga olgan. Keyinchalik Sinay Misrga, G‘arbiy sohilning bir qismi va G‘azo sektori Falastinga qaytarilgan.
1973 yilgi Mahshar kuni urushi paytida Suriya Jo‘lan tepaliklarini qaytarib olishga harakat qiladi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmaydi. O‘shanda Isroil va Suriya qo‘shinlari o‘rtasida BMT kuchlari tomonidan nazorat qilinadigan neytral demilitarizatsiya zonasi yaratildi.
Mavzuga oid
22:15 / 26.12.2024
Isroil aviatsiyasi Yaman poytaxti aeroportiga zarba berdi
15:21 / 26.12.2024
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024