Jahon | 13:11 / 11.12.2017
17283
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston ko‘mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda

Foto: Kapital.kz/Arxiv

Qozog‘iston tog‘-kon sanoati sohasining eng yirik korxonasi hisoblanuvchi "ArselorMittal Temirtau" AJ kompaniyasining 200 konchisi yer yuzasiga chiqishdan bosh tortmoqda. Ular ish vaqti tugaganidan keyin tepaga chiqishmagan hamda ruxsat berilmagan norozilik aksiyasini boshlashgan. Ular hozircha talablarini ilgari surishganicha yo‘q, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya matbuot xizmatiga asoslangan holda. 

Konchilar bevosita na kon rahbariyatiga, na AJ ma'muriyatiga o‘z talablarini bergan. "Korgau" ko‘mir qazib oluvchilar kasaba uyushmasi tomonidan ham biror maktub yuborilmagan. 

Xabarda aytilishicha, qolgan konlar belgilangan tartibda faoliyatini yuritmoqda. 

ArcelorMittal — dunyodagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya 60 mamlakatda o‘z vakolatxonalari va ishlab chiqarish quvvatlariga ega. 

Mavzuga oid