O‘zbekiston | 16:03 / 26.03.2020
58148
1 daqiqa o‘qiladi

Ilk marta ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga binoan Islomova Nargis Zaribdjanovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda DSQ axborot xizmati xabar bergan.

Nargis Islomova yangi lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma'lumot o‘rnida, Islomova 1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini Muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.  U 1993 yildan buyon davlat soliq organlari tizimida mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. 

Shuningdek, Islomova Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.

Mavzuga oid