O‘zbekiston | 07:32 / 27.04.2020
33020
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga yer maydonlari ajratiladi

Samarqand viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Prezidentning “Samarqand viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Samarqand viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining Samarqand viloyatida investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan investitsiya loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi. 

Samarqand viloyati hokimligi “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur yer maydonlari ajratilishini ta'minlaydi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga ajratiladigan yer maydonlari  

Belgilab qo‘yilishicha, investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni loyiha tashabbuskorlari hisobidan qoplanadi. 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda loyiha tashabbuskorlari uchun belgilangan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni muddatlarida bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini va har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga ma'lumot kiritib borilishini ta'minlaydi. 

Samarqand viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga asosan, loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkasidan belgilangan muddatlarda maqsadli foydalanilmagan taqdirda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishini ta'minlaydi. 

Bunda, loyiha tashabbuskori tomonidan belgilangan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinib, ushbu yer maydonida avval belgilangan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar parametrlaridan kam bo‘lmagan yangi investitsiya loyihalarini joylashtirishga ruxsat beriladi.

Samarqand viloyati hokimligi sug‘oriladigan yer maydonlarni qisqarib ketishini oldini olish maqsadida qurilishga ajratilayotgan sug‘oriladigan yer maydonlariga teng miqdorda yangi yerlar o‘zlashtirilishini ta'minlash chorasini ko‘radi.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov zimmasiga yuklanadi. 

Mavzuga oid