Jamiyat | 19:40 / 30.03.2020
17473
1 daqiqa o‘qiladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi

Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga o‘n million so‘m miqdorida bir marotabalik pul mukofoti belgilandi.

O‘zbekiston prezidenti 9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirish hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirishni nazarda tutgan Farmonga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida bir marotabalik pul mukofoti belgilandi.

Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

  • Ma'lumot uchun, avvalgi yillarda, xususan, 2013 yilda bir martalik pul mukofoti - 500 000 so‘mni, 2014 yilda – 600 000 so‘mni, 2017 yilda 2 000 000 so‘mni, 2018 yilda 5 000 000 so‘mni, 2019 yilda 7 500 000 so‘mni tashkil etgan.

Mavzuga oid