Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari shaxsiy transportda harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi
Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi qishloq ho‘jaligi sohasida band bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga ko‘ra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.
Agar, Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni tashish yoki yo‘l-patrul xizmati statsionar postlaridan o‘tishda turli ko‘rinishdagi to‘sqinlik yoki cheklovlarga duch kelsangiz, zudlik bilan, 71. 267-65-30, 71. 268-00-36 telefon raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan tezkor shtabga murojaat qiling.
Shu bilan birga, ushbu masalada Ichki ishlar vazirligining 1102, Bosh prokuraturaning 1007 yoki O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining 1100 qisqa raqamli «ishonch telefon»lariga ham murojaat qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024