Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishni boshladi
Uzunligi 878 kilometr bo‘lgan gaz o‘tkazish tizimi Gretsiya, Albaniya, Adriatika dengizi va Italiyani kesib o‘tadi.
Ozarboyjondan Yevroittifoq mamlakatlariga gaz yetkazib berish uchun qurilgan Transadriatika quvuri (TAP) tijoriy foydalanishga topshirildi. Bu haqda loyiha saytida ma'lum qilindi.
"Salonikida (Gretsiya) gaz quvuri qurilishi boshlanganidan so‘ng oradan qariyb to‘rt yarim yil o‘tgach, ishlar gaz yetkazib berish bo‘yicha tijoriy amaliyot bosqichiga o‘tdi", – deyiladi TAP AG xabarida.
Yevropalik iste'molchilar ushbu gaz quvuri orqali yil oxirigacha gaz olishi kutilmoqda.
Uzunligi 878 kilometr bo‘lgan gaz o‘tkazish tizimi Gretsiya, Albaniya, Adriatika dengizi va Italiyani kesib o‘tadi. Undan Kaspiy dengizidagi Shoh Dengiz II konidan qazib olinadigan gazni yetkazib berish uchun foydalaniladi.
TAP Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib berishga xizmat qiladi. Loyiha qiymati 40 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Transadriatika gaz quvurining aksiyadorlari Britaniyaning VR, Ozarboyjonning SOCAR, Italiyaning Snam, Belgiyaning Fluxys (19%), Ispaniyaning Enagas, Shveytsariyaning Swis Axpo kompaniyalari hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:55
Italiya YeIni gaz narxining yangi chegarasini joriy etishga chaqirdi
15:35 / 03.01.2025
Zaxarova: Rossiyadan Ukraina orqali gaz yetkazishni to‘xtatish Yevropa iqtisodiy salohiyatini zaiflashtiradi
23:06 / 02.01.2025
Bloomberg: Yevropada gaz narxi 2023 yil oktyabrdan beri maksimumga chiqdi
15:17 / 01.01.2025