Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilganlar to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy jazoga tortiladigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O‘RQ–673-son, 12.02.2021 y.) prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxsning 18 yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgani holda uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxsni mehnatga biror-bir shaklda ma'muriy tarzda majburlagan shaxs to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilandi.
Ilgari bunday qonunbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng takror sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilangan.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.12.2024
“Odamlar to‘rtburchak, dumaloq va mehribon” – dunyoni boshqacha “ko‘radigan” bolalar
19:00 / 24.10.2024
Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnatga oid 283 ta murojaat kelib tushdi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
10:15 / 10.10.2024