O‘zbekiston | 11:30 / 25.06.2020
29335
3 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar uchun ajratiladigan qo‘shimcha 4 foizli grantning hududlar kesimidagi taqsimoti e'lon qilindi

2020-2021 o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan 4 foizli qo‘shimcha davlat granti uchun respublika bo‘yicha jami 940ta joy ajratilgan.

Davlat test markazi xotin-qizlar uchun ajratiladigan qo‘shimcha 4 foizli davlat grantining hududlar kesimidagi taqsimotini e'lon qildi.

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021 o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan 4 foizli qo‘shimcha davlat granti uchun respublika bo‘yicha jami 940ta joy ajratilgan.

Viloyatlar kesimida o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 51;
  • Andijon viloyati – 85;
  • Buxoro viloyati – 53;
  • Jizzax viloyati – 36;
  • Qashqadaryo viloyati – 88;
  • Navoiy viloyati – 28;
  • Namangan viloyati – 75;
  • Samarqand viloyati – 104;
  • Surxondaryo viloyati – 71;
  • Sirdaryo viloyati – 49;
  • Toshkent viloyati – 80;
  • Farg‘ona viloyati – 100;
  • Xorazm viloyati – 50;
  • Toshkent shahar – 70.

Eslatib o‘tamiz, davlat granti uchun tavsiyanomalar quyidagi toifa xotin-qizlarga beriladi:

  • kam ta'minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
  • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
  • shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
  • oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marta past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

Mazkur grantga talabgor qizlar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman shahar bo‘limlarida tashkil qilingan ishchi guruhlariga 24 iyundan 10 iyulgacha hujjat topshirishi mumkin:

Talabgor qizlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim. Ulardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri nomiga ariza;
  • grant olish uchun belgilangan talablardan biriga to‘g‘ri kelishini tasdiqlovchi hujjatlar (ilovasi, bilan);
  • ma'lumotnoma, obektivka;
  • umumta'lim maktabi yoki o‘rta maxsus kasb-hunar muassasasidan ma'lumotnoma;
  • pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

Mavzuga oid