Bekobod IIBga yangi rahbar tayinlandi
Kun.uz: O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri buyrug‘iga ko‘ra Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga IIBning yangi rahbari tayinlandi. Shuningdek, shu buyruqqa asosan, Toshkent viloyatidagi Ohangaron tumani hamda Buxoro viloyatidagi Vobkent tumanlarida ham IIB boshliqlari o‘zgargan. Bu haqda "Postda" gazetasida ma'lum qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, podpolkovnik Azizbek Aliaskarov Bekobod tumaniga, podpolkovnik Navro‘z Alimov Ohangaron tumaniga, podpolkovnik Habibullo Rahmonov esa Vobkent tumaniga IIB rahbari sifatida tayinlangan.