AQShning Texas shtati, Xeys okrugida sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinidan keyin kamida 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
San-Markos shahrining navbatchilik xizmatlari xodimi Ken Bellning xabar berishicha, bedarak yo‘qolganlar orasida bolalar bo‘lishi ham mumkin.
O‘tgan dam olish kunlari kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Xeys okrugining San-Markos va Uimberli shaharlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yuzlab uylar vayron bo‘ldi.
San-Markos shahridan o‘tuvchi Blanko daryosi o‘z qirg‘oqlaridan chiqib, suv sathi 12 metrgacha ko‘tarilgan.
CNN ma'lumotlariga ko‘ra, Ostin shahri yaqinidagi Xeysning o‘zida 400ga yaqin uy vayron bo‘lgan.
Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, bu hududda kun davomida 20 mm.dan ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘ishi ehtimoli mavjud.