Tbilisi chekkasida tabiiy gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Novosti” axborot agentligi.
Voqea shahar chekkasidagi Gldani tumanida sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida turar-joy binosining bir qismi qulab tushdi, binoning qolgan qismida oynalar sniib tushgan.
Voqea joyida politsiyachilar va shifokorlar ishlamoqda. Uydagi barcha aholi xavfsiz joyga ko‘chirildi.