01:12 / 10.09.2015
2069

Neymar: “Braziliya hech qachon bir o‘yinchi jamoasi bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham”

Braziliya terma jamoasi sardori Neymar o‘zining jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

“Braziliya – bu birgina o‘yinchi emas. Hech qachon bunday bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.

Hozirda Chiliga qarshi maydonga tushishim mumkinmi yoki yo‘qligi borasida CAS javobini kutmoqdaman. Men terma jamoaning har bir uchrashuvida maydonga tushishni istayman. Federatsiya apellyatsiya berdi. Javobini kutayapmiz.

Umidim so‘ngani yo‘q. Odamlar diskvalifikatsiya muddatini qisqartirishga harakat qilishmoqda. Men har doim Braziliya uchun o‘ynashga shayman”, – dedi Neymar.

Menya ne pokidayet nadejda. Lyudi rabotayut nad tem, chtoby umenshit srok diskvalifikatsii. Ya vsegda budu gotov k vyzovu iz Brazilii.

Ma'lumot uchun, Neymar Amerika Kubogi-2015 musobaqasidagi Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvda raqib hujumchisi Karlos Bakka bilan janjallashgani uchun 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan edi.

 

Top