12 oktabr kuni Afg‘oniston janubida portlash sodir etilishi oqibatida bir politsiyachi hayotdan ko‘z yumdi, yana biri jarohatlandi. Bu haqda Tolo News agantligi xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi-xudkush Qandahor viloyatida o‘zini portlatib yuborgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmadi.
Hozircha birorta ham terroristik guruh terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.