09:16 / 20.10.2015
2951

Qozog‘istonlik abonentlar operatorni o‘zgartirganida o‘z raqamlarini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ldi

2016 yilning 1 yanvaridan Qozog‘istonda “mobil kullik” bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy saytida xabar qilindi.
Bosh vazirning investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Saken Sarsenov Senatning iqtisodiy siyosat, innovatsion rivojlanish va tadbirkorlik bo‘yicha qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘rsatilgan sanadan abonentlar operatorni o‘zgartirganida o‘z raqamlarini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Sarsenov uyali aloqa tariflari o‘smasligini aytdi. O‘rtacha tarif bugungi kunda 3 tanga/daqiqani tashkil qilmoqda.

Top