Angrenda 17 yoshli o‘g‘ri qiz qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” gazetasida yozildi.
Aytilishicha, Oqila ismli qiz mahalliy pedagogika kollejida o‘qib yurgan kezlari qo‘shnisining uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, u yerdan 100 dollar va 400 ming so‘m o‘g‘irlab chiqqan.
O‘g‘rilik osonlik bilan kechganini ko‘rgan qiz shu yo‘l bilan “tirikchilik” qila boshlaganyu. Bir necha yil davomida u ko‘plab uylarga o‘g‘rilikka tushib, pul, zargarlik buyumlari va boshqa turdagi moddiy qimmatliklarni o‘margan.
Yaqinda u Angren shahar IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Endigina 17 yoshga to‘lgan qiz sud oldida javob beradigan bo‘ldi.