O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7 dekabr kuni O‘zbekiston hududida sezilgan zilzila haqida ma'lumot berdi.
“Toshkent” seysmomarkazi xabariga ko‘ra, 7 dekabr kuni soat 12:50da zilzila qayd etildi. Uning epimarkazi Toshkentdan 430 km uzoqlikda, janubi-sharqiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida joylashdi. Ushbu zilzila magnitudasi 7,3 ballga teng bo‘ldi”, deyiladi FVV ma'lumotida.
O‘zbekiston hududida yerosti silkinishi Andijon, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona shaharlarida 4 ball, Qarshi, Namangan, Termizda 3,5 ball, Toshkent, Guliston, Navoiyda 3 ballni tashkil etdi.
Respublikaning boshqa hududlarida yer qimirlashi sezilmadi.
Vayronalar va qurbonlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.