Ozarbayjon prezidenti davlat xavfsizligi xizmati hamda ichki razvedka xizmatlarini tuzish borasidagi farmonga imzo chekdi.
"Ozarbayjon Milliy xavfsizlik vazirligi (MXV) qoshida davlat xavfsizligi xizmati va ichki razvedka xizmatlari tuzilsin”, — deyiladi prezidentning rasmiy saytida keltirilgan hujjatda.
Ushbu islohot "maxsus xizmat organlari samaradorligini oshirish va davlat boshqaruv tuzilmalarini yaxashilashga qaratilgan”.
Xizmatlar faoliyati uchun zarur mablag‘lar mamlakat MXV byudjyeti tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.