Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir Rossiyaning barcha markaziy kanallari orqali efirga uzatilmoqda.
Su-24 samolyotining Turkiya tomonidan urib tushirilishiga izoh berarkan, Putin bunda “uchinchi tomon”ning va aynan AQShning qo‘li bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.
“Balki Vashington va Anqara o‘rtasida qandaydir darajada kelishuvlar bo‘lgandir: biz bu yerda Rossiya samolyotini yo‘q qilamiz, siz esa ko‘zingizni yumasiz, biz, aytaylik, Iroq hududiga kirib, uning bir qismini okkupatsiya qilamiz singari”, - dedi u.