09:34 / 07.02.2016
2814

Tayvandagi zilzila qurbonlari soni 18 kishiga yetdi

Tayvandagi zilzila qurbonlari soni 18 kishiga yetdi, ulardan 15 nafari Taynan shahridagi 17-qavatli turar-joy binosining qulashi oqibatida halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda CNA agentligi.

Zilzila oqibatida orolda 484 kishi jabrlangan, 352 kishi qutqarilgan. 17-qavatlik bino vayronalari ostida 130 dan ko‘proq odam qolgan bo‘lishi mumkin.

Taynandagi binolardan biri to‘liq vayron bo‘lgan, yana ikkitasi jiddiy shikastlangan. Bedarak yo‘qolganlar orasida 150 dan ko‘proq odam bor.

Qutqaruv operatsiyasida 4,9 ming mutaxassis, 24 ta it va 151 dona texnika birligi, jumladan 5 ta vertolyot ishtirok etmoqda.

Top