22:53 / 06.04.2016
1409

AQSh Iroqda yangi harbiy baza yaratishi mumkin

AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasining operatsiyalar bo‘yicha direktori o‘rinbosari, vitse-admiral Endryu Lyuis AQSh Iroqda mahalliy qurolli kuchlarga Mosulni IShID jangarilaridan ozod qilishda yordam berish uchun yangi bazani yaratishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Iroq kuchlari Mosulni izolyatsiya qilishi jarayonida o‘t ochish bilan qo‘llab-quvvatlash bazasini yaratish kerak bo‘ladigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin", deb aytdi Lyuis.

Top