O‘zbekiston | 17:47 / 16.05.2016
31771
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga uchuvchisiz qurilmalarni olib kirish bo‘yicha taqiq olib tashlandi

O‘zbekiston hukumati uchuvchisiz uchish qurilmalarini mamlakat hududiga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Norma xabar qilgan

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 mayida qabul qilgan 150-qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida»gi 322-qaroriga aniqlik kiritilgan. 

322-qarorga ko‘ra, 2015 yil 1 yanvardan e'tiboran O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalari olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanish man etilgandi.

Aniqlik kiritilishicha, "Vazirlar Mahkamasi alohida hollarda, zarurat tug‘ilgan taqdirda qurilmalarni olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berishi" ko‘zda tutilgan.