AQSh bolalarga tegishli mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Kolcraft kompaniyasi farzandiga kolyaska tanlayotgan ota-onalarga qulaylik yaratdi. Endi ota-ona kattalashtirilgan kolyaskada sayr qilib, aravachaning qulaylik darajasini aniqlashi mumkin.
Kompaniya o‘zining Bliss modelli bolalar kolyaskasining ulkan modelini yaratdi. U sotuvga chiqarilmaydi, lekin kattalar unga o‘tirib, farzandlarining hissiyotlarini tuyib ko‘rishlari mumkin. Kolcraft prezidenti Tom Koltunning aytishicha, noodatiy test-drayv 7 iyun Chikago istirohat bog‘ida rejalashtirilgan.