Jamiyat | 09:41 / 20.06.2016
23464
5 daqiqa o‘qiladi

«O‘zimizniki» – sifati saqlangan sutning betakror ta'mi

Sut - bu tabiat in'om etgan ajoyib ozuqa. Sutning foydali va yumshoq ta'mi kattalar va bolalar uchun qadrlidir. Eng muhimi sut tabiiy va yangi bo‘lishi lozim.
Sutli mahsulotlarning sifati unga ishlatilgan sutning sifatiga bog‘liq. Kompaniyamizning sut bilan bog‘liq besh yillik tajribasi bor. Bizning ishlab chiqarish korxonamizda oliy navli sutdan «O‘zimizniki» nomli sut tayyorlanmoqda.
Bizning fermer xo‘jaligimiz O‘zbekistonning so‘lim vodiysida joylashgan. Ishlab chiqarish kompleksimiz fermer xo‘jaligimiz yonida joylashganligi sababli tayyorlangan «O‘zimizniki» suti o‘zida foydali va ajoyib ta'mni saqlab qolgan.

Sigirlarimizdan yaxshi natija olish va ularni boshqarish maqsadida elektron tizim joriy etilgan. Bu avtomatlashtirilgan tizim har bir jonivor va uning holati hakidagi ma'lumotni kompyuter bazasiga yuborib turadi.
Oziqlantirish tartibi to‘g‘risidagi ma'lumot, sigirlarning salomatligi va olinadigan sutning parametrlari mutaxassislar tomonidan real vaqtda qabul qilib olinadi. Shu yo‘l bilan kasal jonivorning suti sog‘lom jonivorlar sutiga qo‘shilib ketmasligi ta'minlanadi va sut xom-ashyosini sifati saqlab qolinadi.

Bizning fermamizdagi barcha sigirlar yuqori mahsuldor golshtin-simental turiga mansub. Ishlab chiqarishda zamonaviy va so‘nggi texnologiyalardan foydalanganimiz sabab, sifatning davomiyligi hamda sutimizning foydali xususiyatlarining saqlanib kolinishiga ishonamiz.
Sutning sifati va ta'mi sigirlarning oziqlanish ratsioniga ham bogliq. Shuning uchun biz o‘zimiz ozuqa yetishtiramiz, sigirlarimiz uchun foydali menyu tuzamiz. Bu yerda, ya'ni shahar tashqarasida, sigirlarimiz saralangan ozuqa bilan oziqlantiriladi. Aynan shu bois ekologik toza va juda ham shirin ta'mli sut beradi.

Sigirlarni sog‘ish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, bir necha daqiqa davom etadi. Avtomatlashtirilgan tizim xom-ashyo olish bosqichida ham, mahsulot bilan inson o‘rtasidagi bog‘liqlikni bartaraf qiladi.
Har bir sigirga o‘rnatilgan chip orqali uning raqami o‘qiladi, keyinchalik sog‘in jarayoni to‘g‘risida ma'lumotga ham ega bo‘lamiz. Hozirgina sog‘ib olingan sut doimo iliq bo‘ladi. Yangi sog‘ilgan iliq sut, sog‘ish bulimidan sut tarmog‘i orqali sut saqlash va sovitish joyiga kelib tushadi. So‘ngra maxsus sut tarmog‘i orqali ishlab chiqarish bo‘limlariga o‘tkaziladi. 
Bizning ishlab chiqarish jarayonimizga xush kelibsiz! Shu yerda biz tabiiy va foydali «O‘zimizniki» sutini yaratamiz.

Sutni ishlab chiqarish bo‘yicha barcha jarayonlar fermamizning o‘zida amalga oshiriladi. Mahsulotimizning ta'mi, sifati va foydaligiga kafolat berish uchun barcha jarayonlarda yuqori sifat standartlariga rioya etamiz. Yuqori sifatli texnologiyalardan foydalangan holda «O‘zimizniki» suti tayyorlanadi va bunda ikki daqiqada sut 137oS haroratda isitilib, to‘rt daqiqa davomida ushlab turiladi va shu zahoti xona haroratigacha sovutiladi. Shu tufayli sut bakteriyalardan xoli bo‘lib, barcha foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Sutni ishlab chiqarishning barcha jarayonlari havo va nur kirishidan holi bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Sutning ta'mi va foydali xususiyatlarini yetkazib borish uchun zamonaviy qadoqlash usulidan foydalanamiz. Bizning yorqin qadog‘imizda sut sof va steril holda, hech qanday xususiyatini yo‘qotmasdan 6 oy davomida saqlanadi.

«O‘zimizniki» sutini ishlab chiqarishda sutni nasilli chorvalardan sog‘ib olishga va uni qadoqlashga bir necha soat sarf etilishini, shu zahoti savdoga chiqarilishi hamda xarid qilinishini hisobga olib, ishlab chiqarilgan sut shu kunning o‘zida Sizning dasturxoningizda bo‘ladi.

Sizning iste'molingizni boyitish maqsadida Biz quyidagi assortimentdagi mahsulotlarni ishlab chiqaramiz:
- hajmi 1 litrli qadoqlangan, yog‘lilik darajasi 2 va 3,2 foiz bo‘lgan sut;
- hajmi 250 millilitrli qadoqlangan yog‘lilik darajasi 1 va 2 foiz bo‘lgan sut.
Bu hali hammasi emas. Biz Sizlarni takrorlanmas ta'mli mahsulotlar bilan xursand qilishni davom etamiz.
«O‘zimizniki» - O‘zimizniki shirin va foydalidir.

Reklama huquqi asosida.