Jahon | 14:32 / 01.07.2016
6900
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida Il-76 samolyoti yo‘qolib qoldi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish bilan band bo‘lgan Il-76 samolyoti belgilangan vaqtda qutqaruvchilar bilan aloqaga chiqmadi.

"Irkutsk viloyatining Kachugsk tumani hududidagi samolyot aloqaga chiqmadi. Bu hudud osmoni o‘rmon yong‘inlari tufayli qalin tutun bilan qoplangandi", deyilgan RIA Novosti xabarida.

Bu samolyot mahalliy vaqt bilan soat 9:19da (Moskva vaqti bilan soat 5:19) Krasnoyarskdan havoga ko‘tarilgan. U 70 daqiqadan keyin aloqaga chiqishi kerak edi, ammo bu sodir bo‘lmadi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘qolgan samolyot bortida ekipajning 5 nafar a'zosi va 5 nafar qutqaruvchi bo‘lgan.

Rossiya FVVning Inqirozli vaziyatlarni boshqarish milliy markazi boshlig‘i ma'lumotiga ko‘ra, bu samolyotni qidirish ishlariga 8ta samolyot jalb etildi.