Jahon | 10:00 / 02.07.2016
6104
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqda IShIDning yana 2 nafar yetakchisini o‘ldirdi

AQShning uchuvchisiz qurilmalari 25-iyun kuni amalga oshirgan aviazarbalarida IShIDning 2nafar harbiy yetakchilarini o‘ldirgan, deb xabar qilmoqda Reuters.

Pentagon vakili Piter Kukning ma'lum qilishicha, Mosul shahri yaqinida amalga oshirilgan havo zarbalarida IShIDning "urush vaziri" deb nomlanuvchi o‘rinbosari bilan birga yana bir harbiy boshliq yo‘q qilingan. 

Kukning qayd etishicha, xalqaro koalitsiyaning avvalgi yutuqlar qatori ushbu muvaffaqiyati ham IShIDning Mosuldagi guruhi rahbariyatini zaiflashtiradi. 

Avval xabar berilganidek, AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya IShIDning 200 avtomobili hamda taxminan 250ga yaqin jangarisini yo‘q qilgani xabar qilingan edi. Avtokarvonlarga berilgan havo zarbalarining videolavhalari Pentagon saytiga joylashtirilgan.