Jahon | 12:32 / 02.07.2016
4677
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Xitoyda devor qulashi natijasida 8 nafar kishi halok bo‘ldi
1 iyul kuni Markaziy Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida vayron bo‘lgan devor bo‘laklari ostida 8 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Sinxua agentligi ma'lum qildi.
Uzoq davom etgan sel yomg‘irlaridan keyin qurilishlardan biridagi 15 metrli hududdagi devor qulab tushdi. 8 nafar yo‘lovchi 2 metr balandlikdagi qulayotgan devor bo‘laklari ostida qolgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida birorta tirik jonni topa olishmadi.
Sel yomg‘irlari 1 iyuldan beri Sharqiy, Janubiy va Markaziy Xitoyda davom etmoqda. Shaharlar va tumanlar suv ostida qoldi. Himoya to‘g‘onlari va suv omborlari ham xavf ostida. So‘nggi kunlarda mazkur hududda halok bo‘lganlar soni o‘nlab kishilarni tashkil qilmoqda.