Jahon | 16:50 / 02.08.2016
7312
2 daqiqa o‘qiladi

Baffet Trampning soliq hisobotini nima uchun e'lon qilmasligiga fikrini bildirdi

Amerikalik sarmoyador Uorren Baffetning fikricha, AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp o‘z soliq hisobotini e'lon qilishdan qo‘rqadi, deb xabar qilmoqda Blumberg agentligi.

Nebraska shtatining Omaxa shahrida chiqish qilgan Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari, respublikachi milliarderni prezidentlikka nomzodlarning soliq hisobotini e'lon qilish an'anasini buzishda aybladi. 

"Har doim qo‘rqadigan narsang bo‘lsa, albatta qo‘rqasan", — degan Baffet. 

"U, IRS (AQSh soliq boshqarmasi)dan emas, u sizdan qo‘rqadi", — deya sarmoyador tinglovchilarga murojaat qilgan. 

Baffet prezidentlikka nomzodni "saylovgacha istalgan vaqtda, istalgan yerda uchrashib", soliq hujjatlarini oshkor qilish va qiziqqan insonlarning savollariga javob berishga undagan. 

Bundan avval, Tramp prezidentlik saylovigacha soliq deklaratsiyasini e'lon qilishdan bosh tortgan edi. 

Milliarder, ko‘p hollarda o‘zining xayriya ishlarini e'lon qilmay, jamg‘armasi orqali emas, xususiy kishi sifatida ehsonlar qilishini ta'kidlagandi.

Mavzuga oid